Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Kasaba-Tur” velamarafoni”  davom etmoqda.

    Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xodimlarni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali salomatliklarini tiklash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida  2016 yil 18-aprel kuni Qarshi shahar Nasaf o‘yingohida Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasida ishlayotgan 42 nafar havaskor velosportchilar o‘rtasida “Kasaba-Tur” velamarafoni o‘tkazildi.Ushbu o‘tkazilgan velamarafon natijalariga ko‘ra 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida boshqarma ishchilari: Aminov Zafar 1- o‘rinni, Hakimov Shovkat 2-o‘rinni, Beknazarov SHerzod 3-o‘rinni, shuningdek 35 va undan katta yoshlilar o‘rtasida Raximov Hamidullo 1-o‘rinni, Zamonov Lutfullo 2-o‘rinni, Murtozayev Mirzohid 3-o‘rinni egalladilar.Velamarafon musobaqasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom va tavsiyalar asosida tashkil etildi va o‘tkazildi.G‘oliblarga boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.IMG_0153IMG_0151IMG_0156

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!