Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«Kasaba-Tur» velomarafoni o’tkazildi.

    Joriy yilning 13 aprelida Sho’rtan gaz kimyo majmuasida mehnat qilib kelayotgan xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, sport sog’lomlashtirish tadbirlari orqali salomatligini tiklashga ko’maklashish maqsadida, Federatsiya Kengashining 2016 yil 5 apreldagi “Havaskor velosportchilar o’rtasida Kasaba-Tur” velomarafonini o’tkazish to’g’risidagi  2 -51 “c” sonli qarori haqidagi Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi  rayosatining 2016 yil 7 apreldagi 4-35 “c” sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, Sho’rtan gaz kimyo majmuasining ishchilar shaharchasidan Nuriston shaharchining belgalangan joyi-5 km  va 10 km masofaga sportning velosport turi bo’yicha “Kasaba-Tur” velomarafonining korxona bosqichi o’tkazildi. Ushbu musobaqa majmuada mehnat qilib kelayotgan 45 nafar havaskor velopoygachilar ishtirok etdilar. Velomarafon yakunlari bo’yicha g’oliblar quyidagicha aniqlandi.

  1. Hamrayev Feruz Hamdamovich-1 o’rin
  2. Xo’jamurodov Ikrom Ilhomovich-2 o’rin
  3. Tosheva Zulfiya Toxir qizi-3 o’rin

G’olib va faol ishtirokchilar tashkiliy qo’mita tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’a, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

IMG_7580

IMG_7581

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!