7-oktabr– “Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab “Munosib mehnat – munosib hayot asosidir!” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi, boshlang‘ich tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat kengashi raisi B.Djuraev munosib mehnatning ahamiyati, ijtimoiy adolat va huquqiy himoya masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri O.Xazratqulov, Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri, Madaniy ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri, Mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi va Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassislar viloyat Kengashining faoliyati, xisobot-saylovlar natijalari haqida, tashkiliy faoliyat, mehnatkashlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik va mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining vazifalari, mehnat xavfsizligi va gigienasi, murojaatlar bilan ishlash va ularning tahlili kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi. Seminarlar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga so‘zga chiquvchilar tomonidan to‘liq javoblar berildi. Ushbu seminarlarga jami 145 nafar xodimlar ishtirok etdi.