Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHIClick to listen highlighted text!Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar borasidagi AXBOROTI
Hisobot davrida kasaba uyushmalari ishini va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ham muayyan ishlar qilindi. Hozirda viloyat kasaba uyushmasi tashkiloti tarkibiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi, 4 ta tarmoq miqyosidagi viloyat kengashlari, 2 nafar Respublika Kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi, 2 ta tarmoq miqyosidagi birlashgan qo‘mitalar, 47 ta shahar va tuman kengashlari va ularga qarashli 3049 ta boshlang‘ich tashkilotlarda 683 ming 051 nafar kasaba uyushma a’zosi birlashgan. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashini apparat xodimlari, tarmoq miqyosidagi viloyat kengashlari, viloyat birlashgan qo‘mitalari, mas’ul tashkilotchilar va tarmoq kasaba uyushmalari shahar, tumanlar kengashlari tomonidan nodavlat sektori korxona va tashkilotlarida kasaba uyushma tashkilotlari tuzish, ishlovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan lokal va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishida amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 2025 yilda 4 ta ijroiya qo‘mita yig‘ilishida 28 ta asosiy masalalar ko‘rildi, 177 ta masala so‘rov asosida ijroiya qo‘mita qarorlari qabul qilinib hal etildi. Nodavlat sektoridagi korxona, tashkilot va muassasalarni kasaba uyushmasiga jalb etish hozirda kasaba uyushmalari hayotidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Kasaba uyushmalari afzalliklarini targ‘ibot qilish yuzasidan amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida hisobot davrida 2697 ta nodavlat sektoriga mansub korxona, tashkilot va muassasalar kasaba uyushmasiga jalb etilib, ularda mehnat qilayotgan 100 ming 970 nafar xodimlar kasaba uyushmalarining xizmati bilan qamrab olinishiga erishildi. 2025_yil_uchun_viloyat kasaba uyushmasi hisoboti ҳисоботи (to’liq matnda)_