Shahrisabz shahrida “Sentyabr – Xon atlas oyligi” festivali davom etmoqda. Tadbirning bosh maqsadi — milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni ulugʻlash, atlas va adras matolarining tarixini yosh avlodga asl holda etkazish, shuningdek, turli yot gʻoyalardan himoyalashdan iborat.Mazkur tadbir Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar Kengashi tashabbusi bilan, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil” munosabati bilan tashkil etildi.