O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati kengashi tizimidagi “Shahrisabz ‘Temurbeklar maktabi’ harbiy-akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunni nishonlashga bag‘ishlab “Vatan himoyachilari – jasorat va irodamiz ramzi!” shiori ostida o‘quvchilar o‘rtasida sportning Voleybol hamda Stol tennisi musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalarning asosiy maqsadi yosh avlodni Vatanparvarlik ruhiga tarbiyalash, jismoniy tayyorgarlikni yuksaltirish va sport orqali hamjamiyatda birdamlik, hamkorlik va hamjihatlik hissini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etdilar, sportning turli qirralari orqali bir-birlariga hurmat va ishonch muhitini taqdim qildilar. Shundan tashqari, bu tadbir yoshlarimizda mas’uliyat va jamoaviylik hissini rivojlantirishga xizmat qildi. Jasorat, iroda va sport ruhini yanada kuchaytirishga qaratilgan ushbu tadbirimiz nafaqat litseydagi barcha ishtirokchilarga ilhom bag‘ishladi, balki hamjamiyatimizda Vatanga sadoqat va fidoyilik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim omil bo‘ldi.
“Vatan himoyachilari – jasorat va irodamiz ramzi!”
