O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan, shuningdek, 2025 yilning 2-8-oktabr kunlari “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” degan g‘oya ostida o‘tkaziladigan “Keksalar haftaligi” doirasida «O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qil!» turizm loyihasi orqali 50 nafar turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari hamda faxriylar Toshkent shahriga 2 kunlik sayohatga yuborildi. Ishchi-xodimlarning ichki turizm orqali maroqli dam olishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan sayoxatda yurtdoshlarimiz Toshkent shahrining diqqatga sazovar qadamjolari hamda mustaqillik yillarida barpo etilgan inshooatlari bilan yaqindan tanishadilar va maroqli dam oldilar.