O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi
PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadiganlar sonini oshirish, tibbiyot muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash, xodimlarning jismoniy faolligi darajasini oshirish, tibbiyot muassasalaridagi sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, tibbiyot xodimlarining bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish vazifalari ijrosini ta’minlashdan iborat. Musobaqada tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ommaviy tarzda sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlari uchun mexanizm yaratish; Tibbiyot muassasasida xodimlarga o‘rnak bo‘lish, yoshlarda sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsadida hududlarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish orqali tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan iborat jamoalarni shakllantirishdan iborat. O‘z navbatida, sifatli tibbiyotni ta’minlashda bevosita ishtirok etayotgan sog‘liqni saqlash xodimlari ushbu jarayondagi samarali faoliyati ularning aqliy, intellektual, ma’naviy sifatlari bilan bir qatorda ularning jismonan sog‘lom va tetik bo‘lishlarini talab etadi. Mazkur ishlarning davomi sifatida O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi, Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmalari bilan hamkorlikda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol turlari bo‘yicha “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalar sport turlari bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkazildi. Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqalari sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha o‘tkazidi va uning 1-bosqichi: “Butunjahon salomatlik kuni” arafasida 2026 yilning7-15 aprel kunlari musobaqaning tuman (shahar) bosqichi tashkil etilgan bo‘lsa unda sport turlari bo‘yicha 1-o‘rinni olgan g‘olib (jamoa)lar musobaqaning hududiy 2-viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan jamoalarning 540 nafar tibbiyot sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tibbiyot xodimlari Viloyat sport o‘yinlari va yengil atliteka ixtisoslashtirilgan sport maktabi sport bazasida yuqori saviyada o‘tkazildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” g‘olibi Kitob tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lishdi ularga 30 millionlik pul mukofati va qimmatbaho sovg‘alar hamda bosh sovrin “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” topshirildi. Shu bilan bir qatorda Musobaqning g‘olib va sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan berilgan sport epekirofka sovg‘alar viloyat sport boshqarmasi tomonidan topshirildi.
