Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

        8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati kengashida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni kengash raisi Baxtiyor Jo‘raev olib bordi. U o‘z so‘zida yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat faoliyatida munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u kengash tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bayram munosabati bilan samimiy tabriklab, ularning mehnati, fidoyiligi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etdi. Bayram tadbiri davomida kengash faoliyatida faol ishtirok etayotgan, o‘z mehnati bilan jamoada obro‘-e’tibor qozongan bir qator xotin-qizlarga minnatdorlik bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir samimiy tabriklar, dil izhorlari va ko‘tarinki kayfiyatga boy tarzda o‘tdi. Unda ishtirokchilar yurtimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham o‘z mehnatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini ta’kidladilar.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!