Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Qashqadaryo viloyat kengashi tizimidagi Respublika Inkassatsiya xizmati MChJ Qashqadaryo viloyat boshqarmasida 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

       Tadbirda soha xodimlari, kasaba uyushmalari faollari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. Viloyat kengashi raisi M. Norova so‘zga chiqib, mehnatni muhofaza qilishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bilan bir qatorda, xodimlarning ruhiy salomatligini asrash va jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish muhim ekanini ta’kidladi. ⚖️ Shuningdek, tadbirda mehnat qonunchiligi talablari, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, stress va zo‘riqishlarni oldini olish hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 📌 Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida sog‘lom va xavfsiz mehnat muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!