Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Xorazm sayohati mazmunli o‘tdi!

       O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 14-16 sentabr kunlari Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi tizimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xodimlar va mehnat faxriylari, jami 90 nafarga yaqin xodimlarning Xorazm viloyatiga sayohat tadbiri uyushtirildi.

       Xorazmga 14 sentabr kuni yetib borgan xodimlar Urganch shahridagi Xorezm Palase mehmonxonasiga joylashtirildi va kechki tanovul uyushtirilib, sayohat ishtirokchilari ertangi reja bilan tanishtirildi. 15 sentyab kuni ertalabki nonushtadan so‘ng tashkilotchilar sayohatchilarni avtobus tomon chorlashdi.

            Xorazm safari avvalida buyuk ipak yo‘lining markaziy shaxarlaridan biri bo‘lmish Xivani tomosha qilish uchun eng avvalo “Ichon qal’a”ni tomosha qilish mumkin. Bu yerdagi bozorlar, milliy hunarmandchilik saboqlari o‘tkaziladigan maxsus maktablar, tor ko‘chalar – bularning barchasi orqali bu ko‘hna shaharning sharqona ruhini his etib turish mumkin.

        Sayohat ishtirokchilarini ko‘hna shahar obidalari bilan tanishtirish uchun maxsus xizmat xodimlari hamrohlik qilishdi.

       Shundan so‘ng sayohatchilar Ichan qal’a (ya’ni shahriston, ichki shahar) va Deshon qal’a (rabot, tashqi shahar) ichida va tevaragida joylashgan barcha obidalar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

    Yuneskoning butun jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ichan qal’a” eski shahar majmuasi, ko‘p sonli masjidlar, madrasalar, minoralar va darvozalar, xususan, Muxammad Amin-xon madrasasi va unga olib chiquvchi Ota darvoza, 1855 yillarga oid qurilishi tugallanmagan “Kalta minor” nomli moviy minora, Xon qarorgohi, eski qo‘rg‘on, masjid va qabullar uyi, haram, zarbxona, qurol-yarog‘ ombori va hibsxona (zindon)ni o‘z ichiga olgan Ko‘xna arkni tomosha qilib sayohatchilar juda xursand bo‘lishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!