Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“1 iyun – Xalqaro bolalar kuni”  keng nishonlandi.

     O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 25 maydagi “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikada o‘tkaziladigan “Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostidagi maxsus haftalikda kasaba uyushmalarining ishtirokini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-124 “s” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2018 yil 28 maydagi 12-14 “s” sonli qarori qabul qilinib, ijroga qaritlgan.

Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan joriy yilning 2-iyun kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan Qarshi shahridagi 17-sonli bolalar maxsus maktab-internatida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilariga 1,4 mln. so‘mlik televizor homiylik sifatida olib berildi.

Shuningdek, 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati 569 nafar ehtiyojmand oila farzandlari, iqtidorli bolalarning viloyatdagi barcha istirohat va hayvonot bog‘lariga, viloyat qo‘g‘irchoq teatri hamda muzeylarga tashriflari uyushtirildi. Mazkur maqsadlar uchun 8,0 mln so‘mlik kasaba uyushmalari mablag‘lari sarflandi.

100 nafardan ortiq bolalar uchun “Biz – Mustaqillik farzandlarimiz” shiori ostida viloyatmizning Qarshi va Shahrisabz shaharlariga sayohatlar tashkil etildi.

Bayram munosabati bilan viloyatdagi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlariga “Muborakneftgaz” va “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJlar tomonidan Qamashi “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilarining 90 nafar bolalari uchun hamda Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi birlashgan qo‘mitasi tomonidan 20 nafar xodimlarning iqtidorli farzandlari uchun bepul yo‘llanmalar ajratildi.

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qamashi tuman kengashi tomonidan Qamashi tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining 58 nafariga 512,5 ming so‘mlik, “Muborak IEM” tomonidan boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarning 100 nafar farzandiga 500 ming so‘mlik turli xildagi adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi va Shahrisabz tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida tumandagi “Lochin” oromgohida madaniy tadbir o‘tkazilib, tuman kengashi tomonidan 3-7 yoshgacha bo‘lgan 24 nafar nogiron bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!