Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Xotin-qizlar qo’mitasi

      Viloyat  kasaba  uyushmalari  tashkilotlari  birlashmasi  kengashi qoshidagi Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi (a’zolar soni 7 kishi, kengash rais D.To‘xtayeva.) Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasining faoliyati  O‘zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi Kengashining “O‘zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi Kengashining Xotin-qizlar kengashi Nizomi”ga muvofiq  olib borilmoqda. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining  Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan ish  rejasiga asosan komissiya yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.Viloyat tasarrufidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ishlovchi xotin-qizlarga viloyat birlashmasining Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi tomonidan muntazam ravishda uslubiy, amaliy  yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Ushbu maqsadda joylarda o‘quv seminarlar,mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ish faoliyatida foydalanish uchun “Kasaba uyushma tashkilotlarining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari ish faoliyatida foydalanish uchun tavsiyalar” nomli yo‘riqnomasi kasaba  uyushma   qo‘mitalariga  yetkazilgan. Viloyat kasaba  uyushmalari   tashkilotlari  birlashmasining   Xotin-qizlar   bilan   ishlash komissiyasi tomonidan “Xotin-qizlarning, xususan, kichik biznes va xususiy   tadbirkorlik  yo‘nalishida  barpo  etilayotgan  yangi ish o‘rinlarida   mehnat qilayotgan  ayollarning  ijtimoiy-iqtisodiy   va  xuquqiy  manfaatlarini   himoyasini   ta’minlash,  ularga  xafvsiz  va  yetarli   ish  sharoitlari yaratilishi bo‘yicha muayyan  ishlar   amalga  oshirilgan. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish kabi yo‘nalishlarda ish beruvchilar hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayollar mehnatini tartibga solish, ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar jamoa shartnoma va kelishuvlarga kiritilgan bo‘lib, ularning bajarilishi yuzasidan 2019 yilning ikkinchi choragida qator tadbirlar amalga oshirildi. Viloyati hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi o‘rtasida 2017-2019 yillar uchun tuzilgan mintaqaviy kelishuvda ayollar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etish va imtiyozlar berish yuzasidan qator majburiyatlar kiritildi. Xususan, Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan “Zo‘raki yoki majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli, “Teng ahamiyatli mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash to‘g‘risida”gi 100-sonli, “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 103-sonli, “Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar to‘g‘risida”gi 111-sonli Konvensiyalariga og‘ishmay rioya etish bo‘yicha majburiyatlar kiritildi. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2014 yil 25 fevraldagi 16-38 “o” sonli, 18 iyuldagi 18-7 “o” sonli qarorlariga muvofiq shahar, tumanlarda kasaba uyushmalari faollari uchun o‘tkazib kelinayotgan o‘quv-treninglarida ayollar uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlar atroflicha tushuntirilib berildi.Birlashma kengashining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda joylarda xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlarni doimiy o‘rganib kelmoqda. Jumladan, hamkorlik ishlari doirasida “Ayollar spartakiadasi”, “Orasta qizlar”, “Eng yaxshi uy bekasi”, “Eng faol tadbirkor ayol”, “Eng faol kasanachi ayol” tanlovlari hamkorlikda muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Tanlov g‘oliblari kasaba uyushmalarining “Faxriy yorliqlari” va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Hamkorlikdagi ishlar mahalliy ommaviy axborot vositalarida atroflicha yoritilib kelinmoqda. Birlashma kengashining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi birlashma kengashi qoshidagi jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish komissiyasi a’zoligiga kiritilgan bo‘lib, birlashma kengashdan ekspertizadan o‘tkaziladigan  jamoa shartnomalari va kelishuvlarida ayollar mehnatini tartibga solish, ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar normativ sifatida  o‘z aksini topgan.Xususan viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda qabul qilingan jamoa shartnomalari orqali quyidagilarga erishilib kelinmoqda.Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda farzand ko‘rmagan yosh oilalarning 11 tasining ishlaydigan a’zolariga 7,4 mln. so‘mlik “Umid Gulshani” sanatoriysiga imtiyozli yo‘llanmalar berildi.Mehnatkashlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sog‘lom oila” sport musobaqalari o‘tkazilib, unda viloyatdagi 1929 ta korxonalardan 8799 ta oilalar vakillaridan 26793 nafar kishi sport musobaqalarida ishtirok etdilar. Shuningdek, jamoa shartnomalari va kelishuvlarida ayollarni homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kunini uzaytirish, bolali ayollarga qisqartirilgan ish vaqtini o‘rnatish, bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish xotin-qizlarga mehnat munosabatlari sohasida qo‘shimcha imtiyozlar berish kaba majburiyatlar kiritildi.2016 yilda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi va uni asosida ishlab chiqilgan kasaba uyushmalari dasturi tadbirlariga muvofiq tarmoq kelishuvlari hamda jamoa shartnomalari orqali nodavlat mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan bolali ayollarga oylik maoshi saqlangan holda ish vaqtini haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qilib belgilashni joriy etish 142 ta korxona tomonidan 190 nafar bolali ayollarga tadbiq etildi. Farzandlari 2 yoshdan 3 yoshgacha to‘lgunga qadar bo‘lgan yosh onalarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida 187 ta korxona tomonidan 276 nafar bolali ayollarga 102,3 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, jamoa shartnomalari orqali 16 ta yosh oilaga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar, shuningdek uy-joy qurilishi uchun 205,0 ming. so‘m miqdoridagi foizsiz ssudalar berilgan. Ayollarni homiladorlik va tug‘ish ta’tillarini kunini uzaytirish tadbirlariga 182 nafar ayollarga 132 ta korxonadan 93,8 ming so‘m sarflangan. Kam ta’minlangan oilalarga 501 korxona tomonidan 891 ta oilaga 125, 1 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan.Viloyatda aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyalash va bu orqali aholini, ayniqsa, ayollarni turmush darajasini ko‘tarish ustuvor vazifa hisoblanadi.Qashqadaryo viloyatida 2019 yil 1 iyul holatida ishsiz xotin-qizlar ishga joylashtirish uchun 1270 ta ish o‘rinlari tashkil etildi. Jumladan, ishsiz xotin qizlarni ishga joylashtirish uchun tashkil etilgan ish o‘rinlarining 205 tasi maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etildi. Sanoatda 156 ta, xizmat ko‘rsatishda 54 ta, qishloq xo‘jalik yo‘nalishida 59 ta,  qurilish, ishlab chiqarish infiratuzilmasini rivojlantirish hisobidan 65 ta, ijtimoiy infiriatuzilmasini rivojlantirish hisobidan25 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!