Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Uslubiy markaz

Asosiy yo‘nalish va vazifalari

Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi huzuridagi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi «Uslubiy markaz» quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshiribboradi:

  • Yangidan tashkil etilayotgan korxona, tashkilot va muassasalarni tashkil etish jarayonida ularga zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda bepul tashkiliy-huquqiy yordam ko‘rsatish, ularga tavsiyalar berish va shu jarayonda kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklarini targ‘ibot-tashviqot qilish hamda kasaba uyushma tashkilotlari tizimida kasaba uyushmasi qo‘mitalarini tuzish;

  • yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlarning ta’sis hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ularga bepul huquqiy xizmat ko‘rsatish, jamoat tashkilotlarining adliya boshqarmalaridan ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish;

  • tashkiliy-huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonida yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilot, muassasalar rahbarlari, xodimlari bilan kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot olib borish, ularga a’zolik afzalliklarini yorituvchi bukletlar tarqatish;

  • kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklarini targ‘ib qilish uchun tavsiyalar va bukletlar namunasini ishlab chiqish;

  • kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq uslubiy qo‘llanmalar chop etish;

Eslatma: «Uslubiy markaz»da faoliyat yurituvchi xodimlar bilan bevosita bog‘lanish maqsadida veb-saytning «Bog‘lanish» sahifasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!