Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

1 iyun – Xalqaro bolalar kuni.

    Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan joriy yilning 1-iyun kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan Qarshi shahridagi 18-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab – internatida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda 158 nafar maktab-internati o‘quvchilariga 1,5 mln. so‘mlik sanitariya-gigiyena buyumlari homiylik sifatida olib berildi. Shuningdek, 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati 1097 nafar ehtiyojmand oila farzandlari, iqtidorli bolalarning viloyatdagi barcha istirohat va hayvonot bog‘lariga, viloyat qo‘g‘irchoq teatri hamda muzeylarga tashriflari uyushtirildi. 140 nafar bolalarning “Biz – Mustaqillik farzandlarimiz” shiori ostida Samarqand, Qarshi va Shahrisabz shaharlariga sayohatlari tashkil etildi. Bayram unosabati bilan viloyatdagi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlariga “Muborakneftgaz” va “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJlar tomonidan Qamashi “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilarining 120 nafar bolalari uchun bepul yo‘llanmalar ajratildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!