Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

     Yosh avlodda Vatanga muhabbat va sadoqat hislarini shakllantirish va bolajonlarning dam olishlarini mazmunli tashkil etish hamda “1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayramini yuqori saviyada o‘tkazish  maqsadida, Muborak tuman hokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Muborak tuman kengashi hamkorligida tuman markazida joylashgan bolalar istirohat bog‘i “Amfiteatri”da tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimi muovini To‘lqin Bo‘riyev, tuman hokimligi xodimlari va tuman ta’lim muassasalaridan 1000 nafardan ortiq bolajonlar ishtirok etdilar.

Bayram tadbirini tuman hokimi muovini To‘lqin Bo‘riyev o‘zinig tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Bayram tantanalari, tuman madaniyat bo‘limi, tuman 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi va tumandagi ta’lim muassasalari bolalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlariga ulanib ketdi.

Shundan so‘ng bolajonlarga, Muborak tuman hokimligi hamda  ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Muborak tuman kengashi homiyligida olib kelingan muzqaymoqlar tarqatildi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan,  bolalarning tuman bolalar madaniyat-istirohat bog‘iga bepul tashriflarini tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!