O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan belgilangan chora-tadbirlarga asosan joriy yilning 2 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida “O‘zbekistonda kasaba uyushmalari xarakati paydo bo‘lganligining 120 yilligi oldidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari To‘xtaeva Go‘zal Qoshibovna ishtirokida kasaba uyushma faollari va tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Ochiq Muloqoti” o‘tkazildi.
“Ochiq Muloqoti” ni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari To‘xtaeva Go‘zal Qoshibovna o‘zining tabrik so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda viloyat xokimligi Xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Ochilova Manzura Xongeldievna, Tadbirkor ayol palatasi boshlig‘i Ochilova Oynisa Xongeldievna, viloyat bojxona qumitasi Xotin-qizlar komissiyasi raisi Arabova Dildora, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili Salimov Ravshan Pulatovich, Respublika o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Markazi Qarshi filiali boshlig‘i o‘rinbosari Norqulova Movluda Alievna, Viloyat asab-ruxiy kasalliklari markazi boshligi Shavkat Mamadiev hamda viloyatimizdagi davolash profilaktika muassasalarining faol ishchi xodimlari va kasaba uyushma faollari va faxriylari, boshlang‘ich tashkilot raislari, g‘aznachilari, taftish komissiya raislari, tashabbuskor yoshlar va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari To‘xtaeva Go‘zal Qoshibovna hamda viloyat Kengashi raisi Tuxtaeva Dilbar Alievnalar qo‘shaloq bayram munosabati bilan kasaba uyushma faollari va faxriylari hamda sog‘liqni saqlash tizimida salmoqli mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari va faollari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.
Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar kasaba uyushma faollari va faxriylari hamda sog‘liqni saqlash tizimida salmoqli mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari va faollari bayram bilan tabrikladilar.