Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tashkilotchiligida “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab, 2017 yil 12 iyun kuni Yakkabog‘ tumanidagi M.Ulug‘bek nomli bolalar oromgohida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatning barcha hududlaridan Yakkabog‘ tumanidagi M.Ulug‘bek nomli bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar orasidan saralab olingan iqtidorli bolalar, taniqli shoir Tursunboy Ochilov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashidan tadbirni o‘tkazishga mas’ul etib biriktirilganlar vakillar, “Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri A.Abdiyev hamda oromgohda dam olayotgan 124 nafar iqtidorlik o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbirni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mehnatkashlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi B.Xo‘jayarov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.
Tadbirda qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov va musobaqalar o‘tkazildi.
- Taniqli shoir T.Ochilov bilan uchrashuv;
- “Dunyo bolalari uchun baxt va umid” shiori ostida rasm chizish tanlovi;
- Sportning shaxmat-shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar;
Tadbirning yakunida tadbirda faol ishtirok etib g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar tashkilotchilarning “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.