Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

12 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi.

    Qarshi tumanida kam ta’minlangan xotin-qizlarni moddiy va ma’naviy jihatda qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash yo‘lida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, karantin davrida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga kunlik ehtiyojlariga zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bir qanchasi ishga joylashtirilgan bo‘lsa, ba’zi oilalarga esa imtiyozli kreditlar ajratildi.    Bugun ham moddiy ko‘maklarning davomi sifatida «Temir daftar»ga kiritilgan 12 nafar kam ta’minlangan, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan, ishsiz xotin-qizlarga O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tikuv mashinalari sovg‘a qilindi. Bu tashabbusi ortidan xotin-qizlarning o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlanishiga erishilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!