O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman kengashi tomonidan, tuman «Maxalla» xayriya jamg‘armasi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi hamda tuman xalq ta’limi muasasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi hamkorlikda “Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini hayotga tadbiq etishda korxona, tashkilot va muassasalarning ish beruvchilari, fermerlar kengashlari, ta’lim muassasalari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati vakillari oldida turgan vazifalar to‘g‘risidagi mavzuda o‘quv seminar o‘tkazildi. O‘quv seminar tumandagi 5-son bolalar musiqa va san’at maktabining majlislar zalida o‘tkazildi.
O‘quv seminarda tuman tarmoqqa qarashli boshlang‘ich kasaba uyushma faollariga XMTning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bo‘yicha, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Xasanova, tuman “Maxalla” xayriya jamg‘armasi raisi D. Qulmatov, tuman XTMFMTTE bo‘limi mudiri A.Ximmatovlar tomonidan tushunchalar berildi.