Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Davra suhbati o‘tkazildi.

     O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2016 yil 17 oktabrdagi TN-08/1546-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati tomonidan “Kasaba uyushmalari, ularning xuquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi va “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish xuquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ma’qullanganligi munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tashabbusi bilan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatlari va hududlardagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida 2016 yilning 20 oktabrida “Kasaba uyushmalari faoliyatiga doir xalqaro standartlarning milliy qonunchilikdagi aksi”  mavzusida Davra suhbati o‘tkazildi.

      Davra suhbatida xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman kengashlari deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kasaba uyushmasi faollari, jami 120 nafar xodimlar ishtirok etdilar.

img_3771img_3763 img_3761 img_3757

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!