O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashining 2016 yil 01 fevraldagi 4-18 “s” sonli rayosat qarori kengash tizimidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga yetkazilgan.
Ushbu qaror asosida barcha boshlang‘ich tashkilotlarda xaftaning har juman kuni reja asosida “Ma’naviyat soatlari” o‘tmoqda.
Jumladan, 20 oktabr kuni “Qishloq qurilish bank” ATB Qashqadaryo mintaqaviy filialida 21-oktabr O‘zbekiston Respublikasi davlat tili qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Tilga e’tibor-elga e’tibor” mavzusida “Ma’naviyat soati” bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviyat soatini muassasa kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Shukurov ochdi va olib bordi.
Mavzu yuzasidan kollejning ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri B.Nomozova hamda kafedra o‘qituvchisi H.Saidov 25 yil ichida mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimovning sa’y – harakatlari bilan mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mashhur besh tamoyil asosida butun dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan isloh etish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish dasturi xaqida gapirib o‘tdilar.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamaot xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi M.Norova birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari, Vatan ravnaqi, tinch osoyishta, obod va farovon hayotimizni ta’minlash yo‘lidagi ezgu ishlari xaqida so‘z yuritdi.