O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman kengashining 2016 yil pedagog va ishchi xodimlarning farzandlarini yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oldirish rejasiga asosan hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2016 yil 7 iyun kuni tuman ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kasaba uyushma a’zolarining 67 nafar farzandlari Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” oromgohiga jo‘natildi.