Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
2025 yilda barcha kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlar o‘tkazildi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, boshlang‘ich kasabauyushma qo‘mitalari raislari va 2025 yilda o‘tkazilgan hisobot-saylovlarda yangi saylangan kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida 26 iyun kuni “Xalqaro innovatsiya universiteti” kasaba uyushmasi qo‘mitasining ko‘rgazmali hujjatlari asosida o‘quv-seminar o‘tkazildi.Seminarda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh buxgalteri T.Egamberdiyev, Qashqadaryo viloyat kengashi raisi o‘rinbosari I.N.Axmedov, RKning viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Xo‘jayarov, Qashqadaryo viloyat kengashining apparat xodimlari K.O.Ataboyev, Sh.B.Sottarov, O.Xazratqulov, A.Xo‘jaqulovlar, tuman, shahar kengashlari raislari va yangi saylangan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etishdi.“Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” to‘g‘risida Respublika kengashining bosh buxgalteri T.Egamberdiyev bugungi kunda soha xodimlari manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligini keng nishonlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.Viloyat kengashining bo‘lim boshliqlari dastur asosida so‘zga chiqib o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi.Seminar yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada RKning viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Xo‘jayarovning o‘tgan 5 yillik davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi vazifalar yuzasidan hisoboti tinglandi va delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi.Kun tartibidagi keyingi masala saylovlar bo‘lib, Respublika tashkilotining Qurultoyiga va viloyat tashkilotining Konferensiyasiga delegatlar hamda Respublika va viloyat kengashlarining tarkibiga vakillar saylandi.