Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil bo‘ladi.

    O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tumanimizda ham turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun tuman Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Jalilova tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda «Davlat tilida ish yuritish» mavzusida o‘tkazilgan seminarda tumanning tajribali ona tili va adabiyot o‘qituvchilari mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar berishdi. Seminarda faol ishtirok etganlar tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!