Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturining bajarilishiga ko‘maklashish maqsadida Qashqadaryo viloyat transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tizimidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida davlat dasturidan kelib chiqib, o‘zlarining dasturlari ishlab chiqilib, dasturga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalariga bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlar jamoa shartnomalariga kiritilgan edi. Ushbu majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan 2017 yilning 20 dekabr sanasida tarmoq birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda tarmoq tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma faollari va ish beruvchilar vakillari ishtirok etishdi, mazkur yig‘ilishni birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.Meyliyev olib bordi. Yig‘ilishda so‘z olganlarning ta’kidlashicha jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali dasturga kiritilgan barcha tadbirlarning belgilangan rejaga nisbatan ortig‘i bilan bajarilishiga erishilganligini qayd etdilar. Shu bilan bir qatorda dasturda belgilangan tadbirlarning bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tarmoq tizimidagi ayrim korxona va tashkilotlar ham ko‘rsatib o‘tildi. Yig‘ilish so‘nggida amalga oshirilgan barcha ishlar ishchi-xodimlarning manfaatini ko‘zlab, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hamda huquqiy himoyasini ta’minlash borasida olib borilganligini, bu boradagi ishlarni bundan keyin ham davom ettirishga kelishib olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!