Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

       2018 yil 12 sentabr kuni Qarshi shahridagi Madaniyat va aholi dam olish markazida Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhining  joriy yilgi yoz mavsumi yakunlari bo‘yicha Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilari Anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda mavsum davomida namunali faoliyat olib borgan 14 ta yo‘nalish bo‘yicha nominatsiya g‘oliblari Muvofiqlashtiruvchi guruhning diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Qashqadaryo viloyatida 2018 yilgi mavsum 3 iyundan 24 avgustga qadar davom etdi. Viloyat bo‘yicha 2018 yilda bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish rejasi 24340 nafar etib belgilangan bo‘lib, yakunda 28428 nafar bolalar dam oldirilib, belgilangan reja 116,8 foizga bajarildi.

Shundan, 820 nafar bolalar “Lochin” oromgohida tashkil etilgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostidagi Anjuman doirasida, 27064 nafar bolalar 17 ta statsionar oromgohlarda, 342 nafar o‘quvchilar 10 ta mehnat va dam olish oromgohlarida, 50 nafar bolalar o‘z ota-onalari bilan sanatoriylarda dam oldirilishiga erishildi.

Shuningdek, mavsum davomida Orol bo‘yi mintaqasining 500 nafar (Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 250 nafar, Xorazm viloyatidan 250 nafar) bolalari, mehribonlik uylarining 240 nafar tarbiyalanuvchilari hamda 5536 nafar kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bolalar oromgohlarida bepul dam oldirildi.

Bolalarning qiziqishlarini inobatga olib, mavsum davomida ular uchun 18 ta ixtisoslashgan (intellektual rivojlantirish, mehnat va dam olish, tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish, ekologik-biologik, texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, ijtimoiy moslashuv) oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Barcha oromgohlarda kutubxona, turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida 800 ga yaqin madaniy-ma’rifiy kechalar va uchrashuvlar, konsert dasturlari, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Oromgohlarga 2180 nafar pedagog, 140 nafar tibbiyot, 140 nafar ichki ishlar idoralari xodimlari jalb etilib, ular tomonidan bolalarga ta’lim-tarbiya berish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, xavfsizligini ta’minlash ishlari amalga oshirildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!