Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan joriy yilning 18 yanvar kuni “Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar” mavzusida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining apparat xodimlari, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari, tarmoq kasaba uyushmalari tuman (shahar) kengashlari raislari va hisobchilari, birlashgan va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarining raislari va hisobchilari va birlashma kengashi tasarrufidagi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari direktorlari va hisobchilaridan iborat jami 170 nafarga yaqin kasaba uyushma faollari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Ushbu o‘tkazilgan seminarda “Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar” mavzusi bo‘yicha Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasidan Bobomurodov Komil seminar ishtirokchilari soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar va imtiyozlar haqida tushuncha berdi. Seminar ko‘tarinki ruhda savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi. Seminarda ishtirok etgan kasaba uyushma faollari soliq kodeksidagi o‘zgartirishlar bo‘yicha tushuncha bilimlar oldilar. �