Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” ga bag’ishlab.

Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining   2015 yil 30 noyabrdagi “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ni o‘tkazishda ishtirok etish to‘g‘risida”gi 24-21 “s” sonli qarorining ijrosini ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash  hamda “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ni keng nishonlashda kasaba uyushmalarining ishtirokini taminlash maqsadida 2015 yil 2 dekabrda 3-13 “s” sonli qarori qabul qilindi.Qarorda barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushma tashkilotlariga “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ni yuqori saviyada o‘tkazish, bayram arafasida joylarda ommaviy-madaniy va xayriya tadbirlari, uchrashuvlar, ko‘rgazmalar tashkil etish, nogironlarning uylariga borib ularning holidan xabar olish, homiylik yordami ko‘rsatish, shuningdek, “Saxovat”, ”Muruvvat” uylaridagi nogironlarga alohida e’tibor qaratish yuklatildi.Kasaba uyushmalari tomonidan tadbirlar nogironlarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatildi.Jumladan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 30 nafar nogironlarga oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini xarid qilish uchun jami 2 mln. 650 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.Davlat muassasalari va jamoat xizmati tizimidagi G‘uzor tuman moliya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan 3 nafar nogiron o‘quvchilar ma’muriyat tomonidan 260 ming so‘mlik moddiy rag‘batlantirildi.Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 78 nafar 1-guruh nogironlariga         6 mln. 240 ming so‘mlik har xil turdagi esdalik sovg‘alari, 284 nafar 2-3-guruh nogironlarining har biriga 50 ming so‘mdan kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan jami 14 mln. 200 ming so‘mlik moddiy yordam berildi.Tarmoqlar tizimlarida mehnat qilib baxtsiz hodisalar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan 106 nafar nogironlarga 12 mln. 352 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, esdalik sovg‘alari va moddiy yordamlar ko‘rsatildi.Umumiy hisobda 2015 yilning 4 dekabriga qadar kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan sarflangan xarajat 27 mln. 20 ming so‘mni tashkil etdi.Shuningdek, “Talimarjon IES” UK tomonidan Qarshi bolalar “Muruvvat” uyida yashovchi imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olinib, ularga 30 dona choyshablar to‘plami, 80 dona futbolka hamda 3 dona isitish pechkalari jami  4 mln. 100 ming so‘mlik homiy yordamlari ko‘rsatildi.Bayram munosabati bilan Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” internat uyida istiqomat qiluvchi keksalarga tuman hokimligi hamda homiy tashkilotlar tomonidan 4 mln. 800 ming so‘mlik tur xil issiq kiyimlar, poyafzallar, choyshablar to‘plami hamda oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi.Nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlarning nishonlanishi mahalliy ommaviy – axborot vositalari orqali keng yoritilmoqda.Viloyatda “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan            2015 yilning 30 noyabridan 30 dekabriga qadar o‘tkaziladigan mehr-muruvvat oyligi davom etmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!