Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish hamda xodimlar, ularning oila a’zolari uchun yurtimizning tarixiy obidalari, ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etish, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 12 martdagi “O‘zbekistonda ichki turizmni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi 12-37 “s” sonli qaroriga asosan  “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida sayohatlar tashkil etilmoqda.

Ushbu savobli tadbir nashidasidan Qashqadaryolik 46 nafar xodimlar va ularning oila a’zolari ham bahramand bo‘lishdi. Ular uchun joriy yilning 5-7 aprel kunlari Xorazm viloyati bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Ayniqsa sayohat davomida kurrai zaminning eng ko‘hna shaharlardan biri, hozirgi kunga qadar butunligicha saqlanib qolgan yagona nodir obida-shahar Xivaga uyushtirilgan safar barchani lol qoldirdi.

“Yoshim saksonga yaqinlashgan bo‘lsada, birinchi marotaba ushbu qo‘hna shaharga birinchi bor tashrif buyurishim. Shahar dovrug‘ini ko‘p eshitgan edim, lekin o‘zim ilk bor tashrif buyurdim. Buning uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbariyatiga va barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman” – deydi Ismat bobo Bozorov.

Ochiq osmon ostidagi bu muzey-shahardagi uzoq o‘tmish, asrlar osha bus butun bizgacha yetib kelgan “Ichan-qal’a” nafaqat Qashqadaryoliklarni balki bugun dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan minglab sayyohlarni hayratga solmoqda.

Ushbu sayohat qaror ijrosi doirasida ilk sayohat bo‘lib, bunday sayohatlar yil davomida respublikamizning Xorazm, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi qadimiy qadamjolar va diqqatga sazovor inshootlar bo‘ylab davom ettiriladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!