Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Qishloq xo‘jaligida islohotlar amalda.

     Respublikamizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini joriy qilish, paxta xomashyosini qayta ishlash hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarining integratsiyalashuvini yanada kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida fermer xo‘jaliklari va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida 2018 yil boshidan buyon 6 ta paxta- to‘qimachilik ishlab chiqarishning yangi shakli-klasterlar tashkil etildi.

          Jumladan, G‘uzor tekstil impeks MCHJ  O‘zbekiston Rspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53- sonli va 31 martdagi 253- sonli qarorlari bilan tasdiqlangan 1-ilovalarga muvofiq, ,,Sulton Teks Group»MCHJ,  ,,Bunyodkor»MCHJ,  ,,Shaxrisabz Tekstil» MCHJ  (OOO ,,Oqsaroy klaster»), ,,Oqsaroy tekstile » MCHJ ( OOO ,,Oqsaroy Klaster»),  ,,Indorama Kokand Textiles MCHJ QK»  (,,Indorama agro » MCHJ xorijiy  korxona)lari esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 sentabrdagi 744-sonli qarorining 1va 2-ilovasiga hamda  2019 yil 18 martdagi 230-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq tuzilgan.

  Paxta- to‘qimachilik  ishlab chiqarishlari tomonidan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali foydalanishni taminlash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash hamda paxtachilik tarmog‘iga yuqori malakali mutaxasislar va agronomlarni jalb etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mirishkor tumanida tashkil etilgan  G‘uzor tekstil impeks MCHJ  2018 yil sentabr oyidan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, u sobiq ,,Jeynov” PTAJ va unga qarashli 5ta paxta qabul qilish maskanlarini o‘ziga bo‘ysundirgan. 2019 yil hosili uchun 9607 gektar yerga chigit ekkan 738 ta fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Mavjud paxta yer maydonida 2872 nafar xodim ishlamoqda. MCHJda 79 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda masuliyati cheklangan jamiyat o‘zining to‘qimachilik korxonasini qo‘rish ishlarini boshlash arafasida.

O‘zbekiston Agrosanoati majmui xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tumani tomonidan  klasterda mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy himoyasini taminlash maqsadida  “G‘uzor tekstil impeks” MCHJ  va “G‘uzor tekstil impeks” MCHJ  tasarrufiga o‘tkazilgan ,,Jeynov” PTAJ ( hozirgi «GTI Jeynov paxta tozalash jamiyati» MCHJ)  kasaba uyushmasi xizmatiga olgan.

Qarshi tumanida tashkil etilgan ,,Sulton Teks Group» MCHJ,  Kasbi tumanida joylashgan ,,Indorama agro» MCHJ, Koson tumanida tashkil etilgan ,,Bunyodkor» MCHJ larda va ular tasarrufidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni kasaba uyushmasiga jalb etish yuzasidan faollik bilan  ishlar olib borilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!