Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Bugun Qashqadaryoda viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, shuningdek, bir nechta mutasaddi tashkilotlar hamkorligida viloyatdagi barcha boshqarma, tashkilot hamda idoralarning apparat xodimlari oʻrtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi.

Mazkur musobaqa Qarshi shahrida joylashgan “Nasaf” futbol akademiyasi futbol maydonlarida hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatidagi voleybol zalida tashkil etildi. “Bosh vazir kubogi”da 25 ga yaqin boshqarma, idora hamda tashkilotlarning 300 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida futbol bahslarida 1-oʻrinni viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi jamoasi jamoasi qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan kubok, diplom va medal bilan taqdirlanishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!