Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Murojaatnoma yuzasidan fikrlar!

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida mamlakatimizning yangi o‘n yillikka qadam qo‘yganligi, bu davrda yangi imkoniyatlarning yuzaga kelayotganligi shuning uchun 2020 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash lozimligini aloxida ta’kidladi.

Murojaatnomada 2019 yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, barcha soxalarda boshlangan isloxotlar, jamiyatimiz va xalqimiz hayotida yaqqol ko‘zga tashlanayotgan o‘zgarishlardan xalqimizning mamnun bo‘layotganligi bilan birga ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilganligi qayd etildi.

Murojaatnomaning  ahamiyati va tasirchanligi shundaki, so‘ngi yillarda xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish borasida xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar va kutilayotgan o‘zgarishlar Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan aniq belgilab berildi.

Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni 60 % ga yetkazilishi, maktab bitiruvchilarini oliygohlarga qabul qilinishini 60-70 % ga oshirilishi, davlat grantlarini ikki baravarga ko‘paytirilishi, qiz bolalar uchun aloxida davlat grantlari ajratilishi ayniqsa, ilm-fan va ma’rifatga aloxida e’tibor qaratilishi eng muxim vazifalarimizdan biriga aylanishi lozimligi ta’kidlanib, Prezidentimiz tomonidan 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinganligi barchani ruhlantirdi.

Prezident Sh.M.Mirziyoyev Murojaatnomasida ta’kidlangan barcha vazifalarni amalga oshirishda va boshlangan isloxotlarni ro‘yobga chiqarishda kasaba uyushmasi tashkilotlarining ham faol ishtiroki ta’minlanishi lozim.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!