Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Hisobot-saylovlari va jamoa shartnomasi yig’ilishlari o’tkazildi.

2020 yil 24-fevral  kuni Yakkabog’ tumandagi 11-maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2017-2019 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2019 yilda bajarilishi tahlil etilib tomonlarning hisoboti eshitildi. Yig‘ilishda muassasaning 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi qabul qilindi. Bundan tashqari shu kunning o‘zida maktab kasaba uyushma tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda kasaba uyushma tashkilotining 2015-2020 yilning fevraligacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan ishlari tahlil etildi. Hisobot davrida yutuq va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Shundan so‘ng 11-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi tarkibdagi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi saylandi. Yopiq ovoz berish yo‘li orqali boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi etib Eshonqulova Shaxnoza, uning o‘rinbosarligiga Berdiyeva Zebo saylandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!