Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

           Yangi O‘zbekiston qisqa vaqt ichida demokratik yangilanish va taraqqiyot yo‘lidan tobora yuksalib borayotgan ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatga aylandi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda , qishloq xo‘jaligida, sanoatda, qurilish va transport tarmoqlarida, ijtimoiy sohada faqat o‘sish, yuksalish ko‘zga tashlanayapti.

         Prezidentimizning joriy yilning 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy majlis Senator va Qonunchilik palatasi deputatlariga Murojaatnomalarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, O‘zbekistonda inqirozga qarshi kurashish borasida to‘plangan tajriba nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar hamda markazlar tomonidan yuqori baholanganligi aytib o‘tildi.

 Darhaqiqat, 2019 yil mobaynida Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi kasaba uyushma qo‘mitasi, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi  bilan o‘zviy aloqa olib borildi.

  Hozirda Mintaqaviy va Bosh kelishuvlar barcha boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalariga yetkazilgan xolda, xududiy tarmoq kelishuvi va yangi jamoa shartnomalari ularga muvofiqlashtirilgan xolda qabul qilinmoqda.

   Hozirgina biz Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Kaxramon Gapparovning  2015  yil fevral oyidan 2020 yil mart oyigacha amalga oshirgan ishlari va navbatdagi vazifalari to‘g‘risida hisobotni eshitdik, darhaqiqat ma’ro‘zada keltirilgandek, ko‘rik-tanlovlar, tadbir va uchrashuvlar tashkil etildi, sinf konsertlari, kafedralarning  xisobot konsertlari o‘tkazildi.

           Bizda direktor jamg‘armasi mablag‘larini maxsus komissiya yig‘ilishida ochik muhokama qilgan holda, pedagogik kengash, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va ota-onalar qo‘mitasi fikrini hisobga olib komissiya qarori bilan to‘g‘ri taqsimlanishiga erishilmoqda.

Ish beruvchilarning xodim bilan mehnat shatrnomasi tuzish va bekor qilish ishlari qonunga binoan amalga oshirilmoqda va doimiy nazorat qilib borilmoqda. Shuningdek, muassasalarda xodimlar to‘g‘risida chiqarilgan qarorlarning mehnat qonunchiligiga to‘g‘ri kelishi, 12-sonli «Ijro intizomi»ni bajarilishi nazorat kilinmoqda.

O‘z o‘rnida o‘qituvchi va ishchi-xodimlarni sog‘liklarini tiklash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda sportning ommaviyligini ta’minlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. O‘qituvchi va ishchi-xodimlarni va ularni ota-onalarini sixatgoxda dam olishlarini tashkil etish va ularning farzandlarini oromgoxlarda sog‘liklarini tiklashlariga aloxida e’tibor qaratildi. Oromgoh mablag‘lari to‘liq kasaba uyushma qo‘mitasi  mablag‘i hisobdan amalga oshirilmoqda. Bu xolat jamoa shartnomalari bandlarida o‘zini aksini topgan.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!