O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman bo‘linmasi tasarrufidagi tashkilotlarda 2020-yilda o‘tkazilgan hisobot-saylovlarda 13 ta boshlang‘ich tashkilotda, boshlang‘ich tashkilot raislari birinchi bor qo‘mita raisi etib saylandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Malaka oshirish instituti” NTM tomonidan joriy yilning 18-19 yanvar kunlari tashkil etiladigan “Online” o‘quvida birinchi bor kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylangan ushbu 13 nafar boshlang‘ich tashkilot raislarini viloyat studiyasidan ishtirok etishlari munosabati bilan, joriy yilning 13-yanvar kuni Nishon tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tinglovchilar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv-seminar ishtirokchilari maktab kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati bilan shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasidagi mavjud hujjatlar, boshlang‘ich tashkilotda ish yuritish tartibi bilan yaqindan tanishishdi.
Kasaba uyushmasi a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha 3-maktab kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qo‘mita raisi M.Xolmuminova tomonidan ma’lumotlar berildi.
Nishon tuman bo‘linmasi kengashi raisi B.Javliyev tomonidan boshlang‘ich tashkilotlarda yuritilishi lozim bo‘lgan meyoriy hujjatlar, kasaba uyushma qo‘mitalari faoliyatini samarali tashkil qilish, boshlang‘ich tashkilotlar nomenklaturasi bo‘yicha tushuncha berildi.
O‘quv-seminari ishchanlik ruhida, savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Kasaba uyushmasi faoliyatining huquqiy asosiga oid meyoriy hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavi, kasaba uyushmalari faoliyatiga doir Nizomlarni to‘plam holatiga keltirish bo‘yicha tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirildi. “Online” o‘quvda ishtirok etuvchi tinglovchilarga ushbu to‘plam taqdim etiladi.
Tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan o‘quv jarayonidan bo‘sh vaqtlarda tinglovchilar bilan Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar, muqaddas qadamjolarga ziyoratlar tashkil etilishi belgilab olindi.