Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Online” o‘quvi boshlandi.

    O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman bo‘linmasi tasarrufidagi  tashkilotlarda  2020-yilda o‘tkazilgan hisobot-saylovlarda  13 ta boshlang‘ich tashkilotda, boshlang‘ich tashkilot raislari birinchi bor qo‘mita raisi etib saylandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi  “Malaka oshirish instituti” NTM tomonidan joriy yilning 18-19 yanvar kunlari tashkil etiladigan  “Online” o‘quvida birinchi bor kasaba uyushma qo‘mitasi  raisi etib saylangan ushbu 13 nafar boshlang‘ich tashkilot raislarini viloyat studiyasidan ishtirok etishlari munosabati bilan, joriy yilning 13-yanvar kuni Nishon  tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tinglovchilar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv-seminar ishtirokchilari maktab kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati bilan shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasidagi  mavjud  hujjatlar, boshlang‘ich tashkilotda ish yuritish tartibi bilan yaqindan tanishishdi.

Kasaba uyushmasi a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha 3-maktab kasaba uyushma qo‘mitasi  tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qo‘mita raisi M.Xolmuminova  tomonidan ma’lumotlar berildi.

Nishon tuman bo‘linmasi kengashi  raisi B.Javliyev tomonidan boshlang‘ich tashkilotlarda yuritilishi lozim bo‘lgan meyoriy hujjatlar, kasaba uyushma qo‘mitalari faoliyatini samarali tashkil qilish, boshlang‘ich tashkilotlar nomenklaturasi bo‘yicha tushuncha berildi.

O‘quv-seminari ishchanlik ruhida, savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Kasaba uyushmasi faoliyatining huquqiy asosiga oid meyoriy hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavi,  kasaba uyushmalari faoliyatiga doir Nizomlarni to‘plam holatiga keltirish  bo‘yicha tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan  tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirildi.  “Online” o‘quvda  ishtirok etuvchi  tinglovchilarga  ushbu to‘plam taqdim etiladi.

Tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan  o‘quv jarayonidan bo‘sh vaqtlarda tinglovchilar bilan Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar, muqaddas qadamjolarga ziyoratlar tashkil etilishi  belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!