«Ayollar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan 34 ta oilaga umumiy turar-joy binosidan xonadonlar topshirilmoqda.
Mirishkor tumanida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, «Ayollar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan 34 ta oilaga 34 ta barcha sharoitlar bilan taʼminlangan xonadonlar topshirildi.
Tuman hokimi Sherali Sanayev soʻzga chiqib, ushbu xonadonlarda ahil boʻlib, bir oiladek yashash, tez orada ularning bandligini taʼminlash borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirilishini bildirdi va xonadonlar kalitlarini topshirdi.
Yoshi ulugʻlarimiz duoga qoʻl ochib, ezgu-niyatlar bildirdilar. Tuman hokimi qurilish ishlarini oʻz vaqtida sifatli bajarib, topshirgan quruvchiga zarchopon kiydirib, minnatdorchilik bildirdi.