Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish. Joriy yilning 7 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Janubiy-G‘arbiy maxsus okrug boshqaruv apparati xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Janubiy-G‘arbiy maxsus okrug kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Qudratov so‘z olib jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartishlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda xodimlarga ish haqlarining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat ta’tillarining berilishi, Ish beruvchi tomonidan xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berib o‘tildi.