Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

5 yiliik faoliyat sarhisob qilindi

Joriy yilning 28 iyul kuni viloyat hokimligining katta majlislar zalida Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining VII Konferensiyasi bo’lib o’tdi. VII Konferensiya kun tartibiga:Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining 2010 yil avgust oyidan 2015 yil iyul oyigacha bo’lgan faoliyati yuzasidan hisoboti va kelgusida kasaba uyushmalari tashkilotlari oldida turgan vazifalari haqida;Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi taftish komissiyasining hisoboti;O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2016-2020 yillarga mo’ljallangan strategik yo’nalishlari va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustaviga kiritiladigan o’zgartirish va qo’shimchalar loyihalari to’g’risidagi hamda tashkiliy masalalar muhokama etildi.VII Konferensiya ishida kasaba uyushmalari tashkilotlaridan saylangan 150 nafar delegatlar shuningdek, viloyat tashkilotlari va boshqarmalari hamda hamkor va boshqa jamoat tashkilotlardan taklif etilgan vakillar ishtirok etdilar.VII Konferensiyada viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov «Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining 2010 yil avgust oyidan 2015 yil iyul oyigacha bo’lgan davrda olib borgan ishlari yuzasidan hisoboti va kelgusida kasaba uyushmalari tashkilotlari oldida turgan vazifalar to’g’risida» ma’ro’za qildi. Jumladan:Har yili kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan «Yagonasan, muqaddas Vatan!», «Mustaqillik mening taqdirimda», «Siz doim e’zozdasiz», «Istiqlol g’unchalari», «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin», «Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi», «San’atim senga, obod yurtim», «Har bir farzandga mehr-e’tibor» kabi ma’naviy-marifiy tadbirlarni hamda «Sog’lom oila», Sport – salomatlik garovi», «Kasaba – TUR» velomarofoni kabi sport musobaqalarini tashkil etish an’anaga aylanib qoldi.So’nggi besh yil davomida madaniy-ommaviy tadbirlar uchun 20 milliard 395 million so’m, jismoniy tarbiya va sport tadbirlari uchun 4 milliard, 615 million so’m mablag’ sarflandi.Konferensiya Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining tarkibini tasdiqladi.Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi etib E.Rajabov saylandi.Konferensiya ishida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining o’rinbosari T.Teshaboyev hamda viloyat hokimi o’rinbosari B.Qodirovlar ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!