Dehqonobod tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Dehqonobod tuman kengashi qo‘shma qarorlari asosida 8 mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami munosabati bilan Dehqonobod tumanida xotin-qizlar ishtirokida MARAFON o‘tkazilda. Unda 35-yoshgacha bo‘lgan ayollar va 35 yoshdan katta bo‘lgan ayollar o‘rtasida tashkil etildi. MARAFONda tuman ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan 600 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng 8 mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami munosabati bilan, tuman ta’lim muassasalaridagi kam ta’minlangan, iqtidorli, yosh va faxriy pedagog-xodimlardan 100 nafari ishtirokida tumandagi «Bexruz» choyxonasida madaniy-musiqiy tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimi Z.Aliqulov, tuman Prokurori L.Xamroyevlar ishtirokchilarni bayram bilan muborakbod etdi. Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilari folklor jamoasi ham Ustozlarini bayram bilan raqslari asosida tabriklashdi. Shuningdek, XTB va MTB mudirlari ham o‘zlarining bayram tabriklarini yo‘llashdi. Tadbir davomida MARAFON g‘oliblariga tuman hokimining tashakkurnomasi va tuman kengashining esdalik sovg‘alari va nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.