Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

9 may umumxalq bayrami keng nishonlandi.

     9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini yuqori saviyada nishonlashda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash hamda bayram munosabati bilan mehnat faxriylariga g‘amxo‘rlik va hurmat-ehtirom ko‘rsatish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini xotirlash, ularning oila a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamaot xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan ishlab chiqilgan chora tadbirlar  o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanmoqda.

      6 may kuni Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasida Vatanimiz ozodligi va sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, 7 may kuni viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda tizimda faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan mehnat faxriylari, kam ta’minlangan oilalar hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi hamda Qamashi, Yakkabog‘, Chiroqchi tumanlariga tashrif buyurildi.

20 dan ortiq yolg‘iz keksalar, mehnat faxriylari, kam ta’minlangan oilalar kasaba uyushma qo‘mitasi mablag‘lari hisobilan oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi, ularning holidan xabar olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!