Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbirlar o’tkazildi.

          Shahrisabz tumandagi ta’lim muassasalarida boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sharafi himoyachilariga bag’ishlangan “Qahramonlik, Burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat” shiorlari ostida uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan kasb-hunar kollejlari hamda akademik litsey pedagog-hodimlari o’rtasida joriy yilning 5 may kuni tumandagi Xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida sportning 4 ta turi voleybol, shashka, shaxmat, stol tennisi turlaridan sport musobaqalari o’tkazildi. G’oliblarga tuman kengashining diplom hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Tuman kengashi tomonidan 2 nafar  ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari Mustafoyev Begim, Sheraliyev Ashurlarning har biriga 100000 ming so’mdan moddiy yordam ko’rsatildi. Og’ir kasalikka chalingan 88-maktabning mehnat faxriysi O’zbekova Mahbuba hamda 38-maktab mehnat faxriysi Bozorov Boltalarning har biriga eng kam ish haqining bir barobari 149775 so’mdan moddiy yordam berildi

Joriy yilning 6 may kuni tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi majlislar zalida ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan jangchi faxriylar (baynalmilalchilar) ga “Tinchligimiz abadiy bo’lsin” deb nomlangan madaniy tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman kengashi raisi S.Abdullayev, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudiri A.Alimardonov hamda mudir o’rinbosari O.Muhiddinovlar so’zga chiqdi va tadbir ishtirokchilarini tabrikladilar. Shundan so’ng 18 nafar jangchi faxriylar (baynalmilalchilar) ga tuman kengashining bayram sovg’alari topsh irildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!