Davlatimiz rahbari rahnomaligida mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, erkin kasb tanlashi, ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar o‘z ijobiy samarasini bermoqda. Yoshlarimizda o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘usi shakllanmoqda. Mamlakatimizda yoshlarining har bir sohada o‘z iqtidorlarini nomayon etishlari, yangi marralarni qo‘lga kiritishlari, o‘zlari tanlagan sohada ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi yoshlar ilm, fan va texnika, sport, ishlab chiqarish, tadbirkorlik umuman olganda iqtisodiyotning barcha sohalarida havas qilsa arzigulik natijalarga erishib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, shuningdek har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilishida barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash, ushbu yo‘nalishga oid belgilangan chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etish, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov orqali viloyatmizning iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat qilayotgan tashabbuskor va faol yosh mutaxassislarni kashf etish, ularning o‘z kasbiy yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalar, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashiladi. Joriy yilning may-iyun oylarida tanlovning korxona, tashkilot va muassasalarda 1-bosqichi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Eng faol yosh bank xodimi», «Eng faol yosh olim», «Eng faol yosh sport murabbiyi», «Eng faol yosh oziq-ovqat sanoati xodimi», «Eng faol yosh shifokor», «Eng faol yosh transportchi» kabi 6 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi. Tanlovning 1-bosqichi 100 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilib, unda 500 nafarga yaqin, 2-viloyat bosqichida 68 nafar yosh mutaxassislar ishtirok etdilar. Viloyat tanlovining ishtirokchilari ko‘rgazmasi tashkil etilib, tanlov ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosati” roligi hamda viloyat ashulla va raqs ansanbili xonandasi Almamat Sharipov ijrosida konsert dasturi namoyish etildi. “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar va madaniy tadbir tashkil etildi. Tanlov viloyat televideniyesida atroflicha yoritildi.