Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kollej bitiruvchilari ish bilan ta’minlamoqda.

  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2015 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan VII Qurultoy delegatlari kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan  O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan har bir tuman, shaharda xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari, korxonalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali  kasb hunar  kollejlari bitiruvchilari uchun 25 tadan ish o‘rinlari yaratish tashabbusi bilan chiqqan edilar. Ushbu tashabbus barcha darajadagi kasaba uyushmalari tashkilotlari va faollari tomonidan qo‘llab quvvatlandi.

   Shu maqsadda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 22 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan har bir tuman, shaharda xizmat ko‘rsatish va servis sohasida kollej bitiruvchilari uchun 25 tadan ish o‘rinlari yaratish to‘g‘risida”gi 1-2 sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining Qashqadaryo viloyatidagi tashkilotlari tomonidan 2016 yilda 95 ta yangi ish o‘rini yaratish rejasi belgilandi.  Shu asosda kollej bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish Manzilli dasturi ishlab chiqildi.

  Malumki,O‘zbekistonda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash masalalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.  Buni tushungan va his etgan kasaba uyushmasi kengashlari masalaga yuksak masuliyat va javobgarlik hissi bilan yondoshmoqdalar.

    Agar tarmoq kasaba uyushmasi viloyat tashkilotlari mablag‘i va bevosita ishtiroki bilan hozirgacha yaratilgan ish o‘rinlari tahlil qilinsa bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishilgani ayon bo‘ladi. Jumladan, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha 7 oylik reja oshig‘i bilan uddalandi. 63 ta ish joyi  o‘rniga 1 avgust holatida 77ta ish o‘rinlari barpo qilindi. Mazilli dasturda belgilangan rejalar G‘uzor, Nishon, Yakkabog‘, Chiroqchi tuman kengashlari tomonidan o‘z vaqtida bajarilgan bo‘lsa, Dehqonobod, Qamashi, Koson, Kasbi, Muborak tumanlari kengashlari o‘z rejalarini  muddatidan avval  uddaladilar.

   DSCN1026 DSCN1020 DSC_7646Bugungi kunda Qarshi shahar, Shahrisabz, Mirishkor, Kitob va Qarshi tumanlari kengashlari tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda. Maqsadimiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi bayramini munosib tuhfa bilan qarshilash.

   Kasaba uyushmasi yetakchilari va faollari Manzilli dasturda belgilangan ish o‘rinlarini joriy yilning 1 noyabriga qadar yaratishni maqsad qilib qo‘yganlar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!