Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish” to‘g‘risidagi Qonunining amalda qo‘llanishi to’g’risida

  Mehnatni  muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlash, xodimlar uchun xavfsiz, ekologik toza ish sharoitlarini yaratish, ish o‘rinlarini asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish, xodimlarni davriy va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, mehnat muhofazasi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalar har bir ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 22 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonunining imzolanishi, shubhasiz mehnatni muhofaza qilish sohasida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha korxona, tashkilot va muassasalar oldiga qo‘yilgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

  Qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanib, Qonunga kiritilgan normalar davlat organlari tomonidan qonun talablarini bajarishda har xil aralashuvlarning oldini olish, tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish va ishlovchi xodimlarning mehnat sharoitlarini doimiy ravishda yaxshilashga hamda ularning mehnatini muhofaza qilish sohasida ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, ushbu Qonunda jamoaviy himoya vositalari, zararli ishlab chiqarish omillari, ish o‘rni, ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, kasb kasalligi, mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo‘lish, noqulay ishlab chiqarish omillari, xavfli ishlab chiqarish omili, shaxsiy himoya vositalari kabi tushunchalar atroflicha ta’riflab berilgan.

  Ushbu qonundan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, korxona, tashkilot va muassasalarda xavfsiz mehnat sharoitlarining to‘g‘ri va namunali tashkil etilishi ishchi-xodimlarning intizomli bo‘lishiga, bu esa o‘z navbatida korxona va tashkilotlarda mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklariga chalinishlarning kamayishiga va oxir oqibatda ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga hamda korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat yuritishiga, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat muhofazasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, uni samarali yo‘lga qo‘yish, ya’ni kasbga oid xavf-xatarni baholash, baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan potensial manbalarni aniqlash va ularni darhol bartaraf etilishini ta’minlashga, shuningdek har bir ishchi-xizmatchi va xodim ongiga xavfsiz ishlab chiqarishga shaxsiy manfaatdor ekanliklarining oshishiga olib keladi.

  Ayniqsa, mazkur Qonunning “Kasaba uyushmalarining, xodimlar boshqa vakillik organlarining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi huquqlari”  to‘g‘risidagi 31-moddasida Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etishi, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilishining belgilanishi barcha darajadagi kasaba uyushma organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mas’uliyatining yanada oshishiga hamda korxona, tashkilot rahbarlari va kasaba uyushmalarining mehnat muhofazasi masalasiga alohida e’tibor qaratishlari va o‘z korxonalarida ishlab chiqarish xavfsizligi strategiyasini yanada takomillashtirishlariga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!