Faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligini oshirish va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish orqali ularning professional darajasini oshirish, mehnat unumdorligini ta’minlash hamda tarmoq tizimida mehnat qilayotgan mohir kasb egalariga yosh mutaxassislarni biriktirish orqali yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga erishish maqsadida joriy yilda kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan Yangi tahrirdagi “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Nizom asosida “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirlari bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.
Kitob tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan tanlovning tuman bosqichiga tavsiya etilgan nomzod Ernazarova Farida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi komissiyasining xulosasiga asosan “Eng mohir metodist” nominatsiyasi bo‘yicha “O‘z kasbining mohir egasi” deb e’tirof etildi va faoliyatiga oid tegishli materiallar o‘rganib chiqish uchun Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi komissiyasiga taqdim etildi.
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi komissiyasi tomonidan Ernazarova Farida “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovining 3-viloyat bosqichida ham g‘olib deb topilib, tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etildi.
Ernazarova Farida o‘zining 30 yillik ish faoliyati davomida tashkilotchiligi, ishbilarmonligi va ijodkorligi bilan nafaqat maktabda, tuman va viloyat miqiyosida faolligi, fidoyiligi va salohiyati bilan ajralib turadi. Shu bois, u 1996 yilda tumandagi 45-maktabda ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib ishga tayinlandi. Ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida namunali faoliyat ko‘rsatganligi uchun tuman va viloyat miqyosida ishlari ommalashtirildi.
1997 yil tumanda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik- tanlovida faxrli 1- o‘rinni egallab, viloyatda 3-o‘ringa, 2001 yilda “Oila, mahalla, maktab hamkorligida o‘tkazilgan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar” mavzusi bo‘yicha viloyat pedagogika o‘qishida oliy o‘ringa sazovar bo‘lgan.
Farida Ernazarova 2002- 2012 yillarda Kitob tuman xalq ta’lim bo‘limida kutubxona ishlari bo‘yicha, 2012 yildan to hozirga qadar ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili va tojik tili fanlari metodisti vazifasida ishlab kelmoqda. Shu davr mobaynida respublika miqyosida “Maktab kutubxonasini to‘ldirish tartibi” mavzusida o‘tkazilgan seminarda o‘z ma’ruzasi bilan faol ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Faxriy Yorlig‘i” bilan taqdirlandi.
Ernazarova Farida 2007 yilda xodimlari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan xalq ta’limi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” ko‘rik- tanlovida publitsistika yo‘nalishi bo‘yicha “Eng yaxshi ssenariy muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Yil yetakchisi”,“Alla” ko‘rik- tanlovlarida qatnashib, tumanda 1-o‘rinni, 2016 yilda “Eng yaxshi ta’lim muassasalarining o‘quv- tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhi” ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichida faol ishtirok etib, faxrli 3- o‘rinni egalladi.
Uning ona tili va adabiyot fanidan yaratgan “Navoiy ijodida sog‘lom avlod tarbiyasi”,”Nodiraning hayoti va ijodi,she’riyatining badiiy yetukligi”, Ona tilim- jonu dilim”, “Ta’zim sizga , ustozlar”, “So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikishi”, “Qo‘shma gaplar”, Zulfiyaning hayoti va ijodi” mavzularidagi metodik qo‘llanma, tavsiyanoma, ssenariy va dars ishlanmalari tumandagi barcha maktablarga yetkazilib, yosh o‘qituvchilar tomonidan amaliyotda qo‘llanilmoqda.
Ernazarova Farida publitsist ijodkor sifatida ham hozirgi kunda tumandagi “Kitob tongi” , “Mo‘jizaviy dunyo”,” Qashqadaryo ziyokori”, “Bilim dunyosi” gazetalarida “Sifatli ta’lim – tarbiya – bosh vazifamiz”,“Fan olipiadasi- bilimlar sarhisobi” , ”O‘qituvchilik- sharafli kasb” ,“Farishtalar sajda qilarkan” , “Ona tilim, onajonim tili bu”, Navoiy ijodida sog‘lom avlod tarbiyasi”,”Navoiyni bilasizmi?”,”Buyuk daho”,“Mo‘tabar Ustoz”, “Qonunlarda qo‘riqlangan ona tilim”, “Orzular sari oq yo‘l”va shu kabi bir qator turli mavzulardagi ilmiy va uslubiy maqolalari matbuot sahifalarida chiqib turadi.
Farida Ernazarovaning ta’lim- tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va ijodiy ishlari munosib taqdirlangan. 2006 yil ta’lim – tarbiya sohasidagi samarali mehnatlari tufayli Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni bilan mukofotlandi.
Ijodkor metodist 2008 yilda ustozlari bilan birgalikda ta’lim sohasida fidoyilik ko‘rsatgan marhum ustoz–murabbiylar xotirasiga bag‘ishlangan “Yaxshilar chirog‘i o‘chmagay” nomli birinchi,“Barhayot ustozlar” deb nomlangan ikkinchi, ta’lim sohasida fidoyilik ko‘rsatayotgan mohir ustozlar faoliyatiga bag‘ishlangan «Ta’zim sizga ustozlar» nomli uchinchi kitobga mualliflik qildi.
O‘z kasbining mohir egasi, faol va jonkuyar inson Ernazarova Farida o‘z faoliyati davomida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni ro‘yobga chiqarishda fidoiylik namunalarini ko‘rsatadi va uni yurtimiz ravnaqi yo‘lida yanada faol va samarali mexnat qilishiga ishonchimiz komil.