Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan umumiy yig’ilish o‘tkazildi.

  O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida tuzilgan jamoa shartnomalarining 2016 yilda bajarilishi hamda 2017 yil uchun yangi jamoa shartnomalarini qabul qilish bo’yicha belgilangan jadval asosida fevral, mart oylarida umumiy yig’ilish (konferensiyalar) o’tkazilmoqda. Joriy yilning 15 fevral  kuni 83-umumiy o’rta ta’lim maktabi ish beruvchisi hamda  xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2015-2017 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2016 yilda tomonlar tomonidan bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.   Yig’ilish kun  tartibiga qo‘yilgan  masalalar bo‘yicha,  ish beruvchisi bilan  maktab xodimlari  kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2015-2017 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2016 – yilda bajarilishi haqida maktab direktori M.Xurramova  va  kasaba  uyushma  qo‘mitasi  raisi  G.Muhammadiyevalarning hisoboti tinglandi. So‘ngra jamoa shartnomasining 2016 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi muhokama etildi va komissiya raisi, maktab o’qituvchisi M.Raimovaning axboroti tinglandi.

  Huddi shunday joriy yilning 17 fevral kuni tumandagi 98-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasida ham 2016-2018 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2016 yilda bajarilishi bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Umumiy yig’ilishda maktab direktori Sh.Botirov hamda kasaba uyushma qumitasi raisi N.Xayrullayevalar hisoboti tinglandi. So‘ngra jamoa shartnomasining 2016 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi muhokama etildi va komissiya raisi, maktab o’qituvchisi D.Zayniddinovaning axboroti tinglandi.

  Kun tartibidagi so‘nggi masala bo‘yicha har ikkala tashkilotda ham “2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan  jamoa shartnomasiga qo‘shimcha  va o‘zgartirishlar  kiritildi va barcha masalalar yuzasidan qaror qabul qilinib, tasdiqlandi.

  Yig’ilish so‘ngida mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Yig’ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi raisi S.Abdullayev, rayosat a’zosi S.Vafoyevalar ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!