Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Mirishkor tumanida “Prezident e’tibori –muruvvat tadbirlarida” shiori ostida sunnat to‘yi o’tkazildi.

   Joriy yilning 23 aprel kuni soat 13-00 dan 15-00 gacha Mirishkor tumanidagi “Shaxzoda” to‘yxonasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 33 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Tadbir viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasidan tumanga biriktirilgan vakil-Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi I.Sabdarov va to‘yni o‘tkazish yuzasidan tuzilgan tuman hokimligi ishchi guruhi a’zolari tomonidan na’munali tarzda tashkil etildi.
To‘yxona shiorlar, ibratli so‘zlar, shar va har xil bezaklar o‘rnatilib, bayramona bezatildi.
To‘y bolalar uchun kiyim-kechak sifatida bir xil andozadagi zar chopon, salla, qars, kostyum-shim, ko‘ylak, galstuk, ichki kiyim va tuflilar, ya’ni har bir bolaga 249500 so‘mdan Jami 8 mln. 233 ming 500 so‘mlik kiyim-kechaklar olib berildi.
Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dolli Hakimovich Allayev, Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, tuman hokimi Ravshan Alimovich Komilov, jamoatchilik vakillari va to‘y bolalarning ota-onalari, qarindoshlari jami 450 nafar kishi ishtirok etdi.
To‘yda Qarshi shahridan tashrif buyurgan san’atkorlar: Komiljon Otaniyozov nomli Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi Yoqubjon Yomg‘irov, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining Qashqadaryo bo‘limi solistlari: Bekzod Haqqiyev, Hasan Bahriyev, Azamat Qayumov va tuman madaniyat bo‘limi xonanda, cozanda va raqqosalari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, tuman hokimi Ravshan Alimovich Komilovlar so‘zga chiqdilar.
To‘y tantanalari jarayonida 33 nafar to‘y bolalarga ularning nomiga xalq bankining tuman bo‘limi tomonidan xisob raqamlari ochilib, 1 million so‘m mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari hamda “Men O‘zbekiston fuqarosiman”, “Ikki buyuk donishmand”, Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar” kitoblari “Prezident sovg‘asi” sifatida tantanali ravishda topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!