Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Qashqadaryoda “Kamolot” – 16 yoshda loyihasi o‘tkazildi.

    O‘zbekiston “Kamolot” YOIH tashkil topgan kun munosabati bilan yoshlarni xalqimiz, millatimiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Qarshi shahrining A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan Amfiteatrning yozgi sahnasida viloyat hokimligi, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi davlat muassasalari Qarshi shahar kengashi va “Kamolot” YOIH viloyat kengashi hamkorligida “Kamolot-16 “ loyihasi bo‘lib o‘tdi.
Madaniy tadbirda Harakatning viloyat kengashi raisi o‘rinbosari S.Musurmonov va davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi M.Norovalar so‘zga chiqib, bugungi kunda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’birlari bilan aytganda yoshlarning chinakkam suyanchi va tayanchiga aylanib ulgurgan Harakat faollariga o‘z minnatdorliklarini bildirib o‘tishdi.
Shuningdek, davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan Harakat faoliyatida jonbozlik ko‘rsatayotgan, muassasa nufuzini ko‘tarishda salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!